Gvardiola xavotirga tushib qoldi

  • 06.01.2026 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumning muhim va eng tiғiz pallasiда jamoadagi kadrlar muammosi avj olgani haqida fikr berdi.

Maʼlumki, “Chelsi”ga qarshi Angliya Premier-ligasining 20-turidagi oʻyinda (1:1) ikki markaziy himoyachi Yoshko Gvardiol va Ruben Diash jarohat olib, uchrashuvni davom ettira olmadi.

- Albatta, bu holatdan xavotirdaman. Ushbu oʻyinda zahiramizga eʼtibor berdingizmi? U yerda akademiyadan toʻrt nafar futbolchi bor edi, yaqin orada ular yana koʻpayishi mumkin. Bizda, rostini aytsam, futbolchilar yoʻq.

Jarohatlar juda koʻp. Jon Stounz bir necha oydan beri maydonga tusha olmayapti. Endi Ruben ham, Yoshko ham safdan chiqdi. Natan Ake esa muntazam oʻynay olmayotgani maʼlum. Shunday sharoitda yashayapmiz. Biz chidamli boʻlishimiz va chiqish yoʻlini izlashimiz kerak. Jamoaviy ruh bor va u yoʻqolmaydi, - dedi Gvardiola.

20-turdan soʻng “Manchester Siti” APL jadvalida ikkinchi oʻrinni egalab turibdi va yetakchi “Arsenal”dan olti ochko orqada qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!