
Gvardiola: Xoland boy bergan xavfli vaziyatlarni o‘ylab, uxlolmay chiqaman
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa to‘purari Erling Xoland juda ko‘p qulay vaziyatlardan foydalana olmayotganini aytdi.
- Xoland bir o‘yinda 14-15 ta gol urishi mumkin edi. Bu ko‘rsatkichlar biz yaxshi o‘ynayotganimizdan dalolat beradi.
Erlingda yuzaga kelayotgan vaziyatlarga qarab, jamoa qanday o‘ynatganini aniqlab olaman. Agar hujumchining gol urishi uchun qulay vaziyat yarata olmadikmi, demak nimadir yaxshi ketmayapti.
Maslahatim – Erlingni ortiqcha tanqid qilmanglar. Mayli himoyachilar, murabbiyni tanqid qilinglar, lekin gol urib turgan hujumchini emas.
Xoland boy bergan vaziyatlar tufayli uyqum qochib ketadi. Lekin unda har hafta o‘sish kuzatilyapti. Mavsum oldidan Yaponiya va Janubiy Koreyaga bordik. Mashg‘ulotlarga vaqtimiz kam bo‘ldi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar