Gvardiola Xolandning “Barsa”ga o‘tishiga qanday munosabat bildirdi?
Keyingi paytda bir necha nufuzli manbalar “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniyatiga ega haqida ko‘p yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya super klubi “Real” bilar raqobatlashish maqsadida hg‘ujum chizig‘ini Erling Xoland bilan kuchaytirmoqchi. Xans-Diter Flik oldingi chiziqda Erling Xoland va Lamin Yamal tandemini yo‘lga qo‘yishi kutilyapti.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.
- Menga Xolandni olishni orzu qilmaydigan birorta klub nomini ayta olasizmi? Tabiiyki, boshqa klublar kabi “Barselona” ham Erlingni o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi.
Agar bu hujumchi bizda o‘ynamaganida “Manchester Siti” ham uni transfer qilishni orzu qilayotgan klublar qatorida bo‘lardi.
Kelajakda nima bo‘lishi mumkin? To‘g‘risini aytsam, men buni bilmayman. Aniq bilganim – Xolandning klub bilan uzoq muddatli shartnomasi bor. Xoland nodon emas, agar uning o‘zi bu erda o‘ynashni istamaganida, “Manchester Siti” bilan ko‘p yillik shartnoma tuzmas edi.
Lekin bu futbol. Kelajakda nimalar bo‘lishini hech kim oldindan bilmaydi, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelayotgan Erling Xoland o‘tgan yili klub bilan amaldagi shartnomasini 2034 yilning yozigacha uzaytirgan edi. Bu bitimga ko‘ra, 25 yoshli forvard Angliya Premer-ligasida eng ko‘p maosh oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” qimmatbaho o‘yinchiga har hafta 500 ming funt atrofida mablag‘ to‘lab kelmoqda.



Fikrlar