Gvardiola yordamga shogirdini chaqirdi

  • 21.07.2020 23:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus”ning braziliyalik yarim himoyachisi Duglas Kosta faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga yaqin.

Xosep Gvardiola 29 yoshli futbolchi “Siti”ning o‘yinini kuchaytirishga ishonmoqda.  Duglas Kosta “Bavariya” tarkibida Gvardiola qo‘l ostida o‘ynab, uning ishonchini oqlagan.

Turinliklar iqtisodiy vaziyatni inobatga olib, futbolchini 45 million funtga qo‘yib yubormoqchi.

Gvardiola esa eski shogirdini “Bavariya”ga o‘tib ketgan Leroy Sane o‘rnida o‘ynatadi.

1830531-38607851-2560-1440

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!