
Gvardiola: "Yuventus" — Italiyaning eng katta klubi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o‘yin arafasida raqibni baland baholadi.
"Biz bu mavsumda allaqachon "Yuventus"ga qarshi o‘ynadik va Turinda mag‘lub bo‘ldik. Endilikda esa ularda yangi murabbiy bor. Biz Italiyaning eng asosiy klubi haqida gapiryapmiz — balki Evropada emas, ammo Italiyada aniq eng ommabop jamoa.
Bu uchrashuv guruhda birinchi o‘rinni hal qilib beradi. "Yuve" — turli jihatdan ajoyib jamoa. Ularga qarshi yana maydonga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman" — dedi Gvardiola "Mediaset" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ikki klub o‘rtasidagi bellashuv 26 iyun kuni soat 00:00da start oladi.
Fikrlar