Gvardiolaning ketgani Husanov faoliyatiga qanday ta'sir qiladi?

  • 27.07.2026 07:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi, Angliya futboliga moslashishi va jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanishida ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiolaning hissasi katta.

Angliya matbuoti mashhur murabbiy o‘zbek futbolchisi bilan individual shug‘ullangani, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani haqida bir necha bor yozgan edi. 

Ammo Xosep Gvardiola o‘tgan mavsum yakunlangach, hali bir yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, "Manchester Siti"ni tark etishga qaror qildi.  

Xo‘sh, Gvardiolaning yo‘qligi Abduqodirning faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?

Bu savolga rossiyalik taniqli jurnalist Aleksandr Troitskiy munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Pep Gvardiolaning "Manchester Siti" bosh murabbiyligi lavozimidan ketishi jamoa tarkibidagi o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovning maqomiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 

- Abduqodir Husanov "Manchester Siti" bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Bu Gvardiolaning ketishi Husanovga ta’sir qilmasligini ko‘rsatdi. Abduqodir har qanday sharoitda ham yuqori darajadagi futbolchi bo‘lib qolaveradi, — deya yozadi Troitskiy o‘zining telegram-kanalida.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2025 yilning yanvaridan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida jamoa tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va professional faoliyatidagi ilk sovrinlar - Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. 

Abduqodir Husanov uzoq davom etgan mavsumni 2026 yildagi jahon chempionati bilan yakunladi. Ayni paytda 22 yoshli himoyachi yangi bosh murabbiy Enzo Mareska qo‘l ostida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!