Gvardiolaning orzusi amalga oshadi
Anchadan buyon grand klublar nishonida turgan “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali nihoyat Angliyaga kelish imkoniga ega bo‘ldi.
Transferlar bilan shug‘ullanayotgan agent Enriko Fedele Kulibali yozda “Manchester Siti” safiga qo‘shilishini ta’kidlamoqda.
- Men doim Kulibalining ketishi katta bo‘shliq qoldirishini ta’kidlab kelganman. Lekin ayni paytda aytishim mumkinki, uni olishni boshqalardan ko‘ra ko‘proq xohlayotgan klub paydo bo‘ldi va ular maqsadiga etishga juda yaqin. Bu “Manchester Siti”, - dedi Enriko Fedele.
Kulibali joriy mavsumda Italiya chempionatida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. “Napoli” chempionlikka da’vogarlik qilmasa-da, Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.
Fikrlar