Gvardiolaning yangi jamoasi ma’lum bo‘ldi

  • 12 oktabr, 2024, 07:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti”ning Angliya Premer-ligasining eng qudratli jamoasiga aylantirgan Xosep Gvaridiola yozda klubni tark etishi kutilmoqda. 

Aslida joriy mavsum oxirida ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi tugaydi. Klub u bilan hamkorlikni davom ettirishdan mantfaatdor. Biroq Pepning o‘zi kelajagi bo‘yicha jo‘yali xabar aytmay kelmoqda. 

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Gvardiolani Angliya futbol federatsiyasi terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlamoqchi bo‘lyapti. Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketganidan uning o‘rnini vaqtincha Li Karsli bajarib turibdi. 

Shunga qaramay, Angliya futboli rahbarlari mamlakatning bosh jamoasini jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kuchli mutaxassis boshqarishini istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!