Asosiy mazmunga oʻtish

Gvozdik:"Siz bundan afsuslanmaysiz"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U Benavides bilan jang qiladi.

Sobiq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Gvozdik(20-1, 16 KO) 15 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan amerikalik Devid Benavides(28-0, 24 KO)ga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi. Ushbu to‘qnashuv yarim og‘ir vazndagi vaqtinchalik WBC chempionligi uchun bo‘ladi.

“Devid vazni ortib bormoqda, u jismonan yirik jangchi.  Bilaman, hozir Benavides ham xuddi men kabi o‘zining eng yaxshi formasida. Uning boksdagi tajribasi ham katta. Ammo biz professional tajriba haqida gapiradigan bo‘lsak, unda taxminan tengmiz.  Balki bu borada u mendan biroz ustundir, chunki Benavidesning raqiblari kuchliroq edi. Lekin men havaskor boksda juda katta tajriba to‘plaganman. 250 ta jang o‘tkazganim hali ham yodimda. Hozi professional boksda nimalarga qodirligimni ko‘rsatishim kerak. Bo‘lajak bahs hayajonli va ajoyib o‘tishi aniq. Ko‘rganingizdan afsuslanmaysiz”, — dedi ukrainalik.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q