Gyottse Bekxemning klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi

  • 12.08.2020 23:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Borussiya" Dortmundning sobiq yarim himoyachisi Mario Gyottse "Inter Mayami" klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi. Aynan shu sababli u Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan MLS klubiga o‘tishni istamagan.

Aytish kerakki, Gyottse shu yoz "Borussiya"dan ketdi. Unga esa "Atletiko", "Milan", "Sevilya", "Latsio" va "Fiorentina" klublaridan qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!