
Habib MakGregor kamarni olishi mumkinligini aytdi
UFC engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov divizionning eng yaxshi jangchilarini sanab o‘tdi va Jastin Getjiga qarshi kechgan jangdan keyingi tabriklarni eslab o‘tdi.
"Eng muhimi va kutilmagani bu Vladimir Putinning shaxsan o‘zi tabriklagani bo‘ldi. Dunyoning eng katta mamlakati prezidentidan tabrik olish juda yoqimli.
Konor tabrikladi, deysizmi? Men buni payqamay qolibman, qarab ko‘rish kerak.
Dastin Pore, Konor MakGregor va Islom Maxachev engil vaznda eng zo‘rlari. Pore va Konor qarama-qarshiligining g‘olibi UFC chempionligini qo‘lga kiritadi," - dedi Habib Nurmagomedov.
Fikrlar