
Habib Nurmagamedov uchun tarixdagi eng zo‘r futbolchi kim?
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov kimni tarixdagi eng yaxshi futbolchi, deb hisoblashini aytdi.
"Men uchun tarixdagi eng yaxshi futbolchi bu Krishtianu Ronaldu. U 2004 yildayoq Evropa chempionati finalida o‘ynagan. O‘shanda portugallar greklarga mag‘lub bo‘lgan. Joriy mavsum esa, A Seriyada to‘purarlik qilmoqda. Krishtianu 16 yildan buyon yuqori cho‘qqida turibdi va hali ham yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda", - dedi Xabib UFC Russia ga bergan intervyusida.
36 yoshli Ronaldu 5 karra "Oltin to‘p" sohibi hisoblanadi. Bu borada undan faqatgina Lionel Messi yaxshiroq natijaga ega. 33 yoshli argentinalik futbolchining hisobida 6 ta “Oltin to‘p” sovrini mavjud.
Ronaldu joriy mavsum "Yuventus" safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar