Habib Nurmagomedov professional futbolchi bo‘lmoqchi

  • 25 yanvar, 2021, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Engil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov jangovar faoliyatini yakunlaganiga qaramay, mashg‘ulotlardan uzoqlashgani yo‘q.

Taniqli sportchi instagramdagi sahifasiga mashg‘ulotlar jarayonida video joylashtirib, quyidagicha izoh qoldirdi.

- Katta futbolda debyut qilishga tayyorlanyapman. Takliflarni kutaman va ularni ko‘rib chiqishga tayyorman, - deb yozdi Habib Nurmagomedov.

Faoliyati davomida 29 ta jangda g‘alaba qozongan Habib Nurmagomedov 2020 yilning oktyabr oyida chempionlik kamarini Jastin Getjidan muvaffaqiyatli himoya qilganidan keyin bu spot turidan ketishini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!