Hafta so‘nggida Sulsher iste’fosi yuz berishi mumkin

  • 3 dekabr, 2019, 16:05
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher o‘z futbolchilarini "Tottenxem" va "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘lsa iste’foga chiqarilishi haqida ogohlantirgan.

"Uleda ozroq hayojon bor edi. Agar klub bu haftada kerakli natijani qayd eta olmasa, u ishdan ketishi haqida aytdi. Hozir "shporlar" bilan to‘qnash kelish uchun eng noqulay vaqt", - deya aytib o‘tgan Daily Mail klubdagi manbaasiga tayangan holda.

Eslatib o‘tamiz, MYu 5 dekabr kuni "Tottenxem"ga, 7 dekabr kuni esa "Manchester Siti"ga qarshi to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!