Hakam penalti uchun hujumga uchradi va jonini saqlash uchun maydondan qochdi

  • 08.10.2026 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Afrika futboli yana zo‘ravonlik bilan bog‘liq hodisa ortidan muhokamalar markaziga chiqdi. Bu safar noxush voqea Keniya’da, birinchi divizionda qolish taqdirini hal qiluvchi o‘yin paytida sodir bo‘ldi.

Ligada qolish uchun pley-off tarzida o‘tkazilgan «Kariobangi Sharks» va «Mombasa United» jamoalari o‘rtasidagi bellashuv o‘yin oxirida to‘xtatib qo‘yildi. Sabab – hakam Jon Sulvega mahalliy muxlislar tomonidan hujum qilingan. U bahsli penalti tayinlaganidan so‘ng tribunallardagi asabiylik maydonga ko‘chdi.

Hakam o‘zini saqlab qolish uchun yagona yo‘lni tanladi – maydondan qochib ketishga majbur bo‘ldi. Endi esa ishga Keniya futbol federatsiyasi aralashadi. Ehtimol, mezbon jamoa texnik mag‘lubiyatga uchragan deb topiladi va shu bilan birga yuqori liga bilan xayrlashishi mumkin, deb yozadi derbyderbyderby.it nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!