"Hakamlar xatosi bilan yutolmayapmiz, yana qanaqa o‘ynash kerak?" - Hamidjon Aktamov Firdavs Norsafarov ustidan arz qiladi

  • 16.10.2021 21:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol

Superliganing 22-turida “Paxtakor” o‘z maydonida “Qizilqum”ni 4:2 hisobida engdi. Lekin uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov hakamlik borasida jiddiy gaplarni aytdi.

- Bugungi o‘yin haqida nima deyman? Har doimgi kino davom etyapti. Hakamlarga qachon insof kiradi? E’tirozlarimizni yozyapmiz. Menimcha, bugun yomon o‘ynamadik, yaxshi o‘ynadik. Ikkita penalti ham noto‘g‘ri qo‘yildi. Bilmadim, oxiri nima bo‘ladi? Qachon bu ishlar tugaydi? Hakamlardan noroziman.

Har doim ular qanaqa qaror chiqarsa, qonunga to‘g‘ri kelaveradi. Lekin to‘p qo‘lga tegmadi. Islom To‘xtaxo‘jaev hech qachon yolg‘on gapirmaydi. To‘p oyog‘iga tekkani yaqqol ko‘rinib turibdi, ammo qo‘liga tegmadi. Ikkinchisida chiziqdan tashqarida bo‘lyapti, ammo u ichkarini ko‘rsatdi. O‘ynaydigan jamoalarga hech bo‘lmasa to‘g‘ri hakamlik qilsin. Mayli, 50x50 vaziyatlarni ham ularga bersin. Ammo to‘g‘ri hakamlik qilsin. Oxirgi ikki-uchta o‘yindan beri hakamlarning xatosi bilan durang o‘ynayapmiz, yutolmayapmiz. Futboldan to‘yib ketdi hamma, rost gap.

Futbolchilarimizni jismoniy holatda yana ikki taym o‘ynashga kuchi etadi. Ular ruhan “sindi”. Islom Kenjaboevni hakam so‘kibdi, uni ham yozaman. Maydonda hakam futbolchimizni og‘ziga kelgan gap bilan so‘kyapti. Kenjaboev Anzur Ismoilovdan to‘pni olib qo‘ydi, ungacha ikki marta qoida buzildi, yana bermadi. Oldingi o‘yinlarimizda mana shunday vaziyatlarda kechiktirilgan fol deb o‘ylab topishdi.

Belgilangan nuqtada to‘pni o‘ynash kerakmi? O‘rtadan boshladi, oldinga o‘tishdi, keyin oyog‘i bilan qaytarganni qo‘lga tegdi deb penalti beryapti. Qo‘lni kestirish kerakmi? Hech ularni tushunmadim. “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasida vatanimiz sharafini himoya qiladi, asosiy jamoamiz. Bizni natija qila olmasligimizda ko‘proq hakamlar ham aybdor. Yana qanaqa o‘ynash kerak? Jamoani yana qanday tayyorlash kerak?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azizbek Muminov
17/10/2021 12:25
Судияни отаси хам бир пайтлар судия бўлган экан. Агар Диёр эркак бўлиб гапирган гапида турса олдинги судияларни савияси хақида айтганди. Мана ахвол. Хамиджон Актамов тугри айтди буларни қилган хар ишини қонуний курсатиб хақ дейиш хато эканлигиги терма жамоадаги холатдан кўриб турибмиз. УЯТ,УЯТ УЯТ. Хулоса судияни отаси судия бўлган бўлса харом луқмани натижаси. Шу харомхурлар касрига ўзбек футболи орқага кетмоқда
Бахтийор Бобойиб
16/10/2021 22:26
Бор эканки хакикатни гапирадиган. Пахтакорни Узбекистонда хакамлар пахтакор киляпти осиега чиксин часво килиб келяпти. Пули булса узига. Насаф ва бошка вилоят камандаларидан урнак ол! Халоллик бор жойда ривожланиш булади. Канчага сотилди студия.БУНИ УКИ