Hakamlar Xolandning "shubhali" goli bo‘yicha qaror chiqardi

  • 14.09.2026 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premyer-ligasi oʻyinlarida hakamlar faoliyatini nazorat qiladigan Pro Ref tashkiloti "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand tomonidan "Manchester Yunayted" darvozasiga urilgan gol notoʻgʻri ravishda inobatga olinganini tan oldi. 

Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs oʻzining X sahifasida Pro Ref bayonotiga tayangan holda xabar berdi.

Tashkilot xulosasiga koʻra, videotakror boʻyicha yordamchi hakam ushbu epizodda ofsaydda turgan "Manchester Siti" yarimhimoyachisi, argentinalik Enzo Fernandezning oʻyinga taʼsirini notoʻgʻri baholagan. U vaziyatga aralashib, bosh hakam uchun videotakrorni koʻrib chiqish jarayonini tashkil etishi kerak edi.

"Biz "Manchester Yunayted" klubi bilan bogʻlandik va xatoni tan oldik. Hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkaziladi", — deyiladi tashkilot bayonotida.

Uchrashuv yakshanba kuni boʻlib oʻtdi va "Manchester Siti" gʻalabasi bilan yakunlandi. oʻyinda yagona gol muallifi Holand boʻldi. 23-daqiqadan boshlab "Manchester Siti" maydonda bir futbolchi kam tarkibda harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!