Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Hakamlarimiz Osiyo kubogi bahslarida ishlaydi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

OFK rasman e’lon qildi

Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi musobaqasida 3 nafar hakamimiz ishtirok etadi. Bu haqda O‘zFHM matbuoti xabar berdi.

OFK rasmiy sayti Osiyo kubogida ishlaydigan hakamlar nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Xitoy yashil maydonlarida 12 fevraldan 1 martga qadar davom etadigan turnirda 3 nafar o‘zbekistonlik hakamlar ish olib borishi ma’lum bo‘ldi.

Valentin Kovalenko instruktor, Asker Najafaliev bosh hakam, Ruslan Serazitdinov yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q