Hakimi YEChL finalini o‘tkazib yuboradi, Dembelening o‘ynashi so‘roq ostida
PSJ qanot himoyachisi Ashraf Hakimining tez orada jamoa mashg‘ulotlariga qaytishiga qaramay, "Arsenal"ga qarshi Chempionlar ligasi finaliga (30 may) asosiy tarkibda chiqishga tayyor bo‘lmasligi ehtimoli yuqori. Bu haqida L’Équipe xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi Usmon Dembele boldir mushagi jarohatidan so‘ng individual dasturda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Uning atrofidagilar "Arsenal"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishiga nisbatan optimizmni saqlab qolishdi. Agar Dembele seshanba (26 may) kuni jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnasha olmasa, uning finalga tayyorgarligi haqida savollar tug‘iladi.
Hakim 28 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi yarim finalida "Bavariya"ga qarshi birinchi o‘yinda (5:4) sonidan jarohat oldi.

Fikrlar