Hakimi uchun yana bir grand klub kurash boshladi. U qaysi jamoa?
Mavsumni “Borussiya” Dortmund safida ijarada o‘tkazayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Hakimi uchun navbatdagi grand klub kurashga qo‘shildi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsuz grandi 21 yoshli marokashlik iqtidor egasini kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Hakimi PSJ safida jamoadan ketmoqchi bo‘lgan Tomas Mene o‘rnini egallashi mumkin.
Aytish kerakki, Hakimi uchun shuningdek, “Chelsi” va “Yuventus” klublaridan ham qiziqishlar bor. Biroq, “Real” uni sotishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Ashraf joriy mavsum “Borussiya” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar