"Halol o‘yin" mana bunaqa bo‘ladi. Yoxud murabbiy futbolchilaridan gol o‘tkazib yuborishni talab qildi (video)

  • 15.02.2023 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Shotlandiya kubogining 5-raundi doirasida “Glazgo Reynjers” o‘z maydonida “Partik Tisl” klubini qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, 70-daqiqasida 1:1 hisobi qayd etilayotgan bir paytda “Reynjers”   hujumchisi Malik Tilman “Tisla” futbolchilaridan biriga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganidan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ammo “Reynjers” ustozi Maykl Beyl bunaqa golga rozi bo‘lmadi. U o‘z futbolchilaridan javob to‘pini o‘tkazib yuborishni talab qildi. Shundan so‘ng o‘yinda hisob tenglashdi - 2:2. Ammo baribir o‘yin oxiriga qadar "Reynjers" halol g‘alaba golini urdi va keyingi bosqichga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!