Hamidjon Aktamov: "To‘g‘ri, ikki ochko yo‘qotdik, ammo kutilmagan joydan qaytarib olamiz"

  • 19 mart, 2021, 21:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing uchinchi turida Navoiyning “Qizilqum” klubi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qilib 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o‘yinda futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi va ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. Faqat omad yuz o‘girdi. O‘yinni nazorat qildik, faqat etarlicha gol ura olmadik. O‘yindan-o‘yinga qo‘shib boryapmiz. To‘g‘ri, bugun ikki ochko yo‘qotdik. Ammo kutilmagan joydan qaytarib olamiz, Xudo xohlasa. Bu – futbol. Bugungi durangdan rozi emasman, yutishimiz kerak edi. “So‘g‘diyona” ham yaxshi himoyalandi, o‘yini chakki emas. Baribir bizning o‘yinimiz ularnikiga nisbatan yaxshiroq chiqdi, deb o‘ylayman.

- Raqibdan shunday qarshilik kutganmidingiz?

- Ha, kutgandik, bilardik. Hujumlar uyushtirdik. Ularning darvozaboni 100 foizli gollardan saqlab qoldi.

- Vattsazdeda ikkita qulay imkoniyat bo‘lgandi, ammo foydalana olmadi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Mate ham gol deb o‘yladi. Bahona qilmoqchi emasman. Yaxshi futbol o‘ynadi. Tomoshabinlar ham xursand bo‘ldi deb o‘ylayman. Jamoamiz shakllanib borayotganidan xursandman. Oldinda o‘yinlar ko‘p va yo‘qotilgan ochkolarning o‘rnini to‘ldiramiz.

- Kuxianidzening uchta turdagi o‘yiniga qanday baho berasiz?

- U ham o‘z ishini qilyapti. Vazifasi ko‘proq qora ishni bajaradi. Shuning uchun uni yaqqol etakchi yoki o‘zini ko‘rsatdi, deb ayta olmayman. Futbolni tushunadi va o‘z ishini bajaryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!