Hammasi tamom! Ronaldu mojaro bilan Portugaliya terma jamoasini tark etdi

  • 01.10.2026 06:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqida portugal nashri O Jogo manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi Sports.kz.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 41 yoshli Ronaldu Uels termasiga qarshi o‘yindan so‘ng Portugaliya jamoasi uchun endi maydonga tushmaslik haqida qat’iy qaror qabul qilgan.

«Krishtianu Ronaldu o‘z qarorini qabul qildi: u endilikda Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmaydi. Uelsga qarshi o‘yin uning milliy jamoa tarkibidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi. Ronaldu Kopenhagenda joylashgan Portugaliya termasi mehmonxonasini tark etdi va jamoaga qayta qo‘shilmaydi. Shu tariqa, „Alvalade“ stadionidagi Portugaliya — Uels uchrashuvi Ronalduning terma jamoa safidagi tarixiy so‘nggi o‘yini sifatida yodga olinadi», — deb yozadi O Jogo.

Xabarga ko‘ra, Ronaldu bu qarorni jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush matbuot anjumanidagi bayonotidan so‘ng qabul qilgan. Jezush ushbu anjumanda Ronaldu Daniyaga qarshi navbatdagi o‘yinni ham, Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan so‘nggi bahsda bo‘lgani kabi, zahira o‘rindig‘ida boshlab berajagini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!