Hammasi tugadi! “Arsenal” futbolchisini ketkazib yubordi

  • 28.08.2026 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” vinger Ris Nelson bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bekor qilganini e’lon qildi.

Nelson “Arsenal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yil avgust oyida asosiy jamoadagi debutidan buyon klub safida 90 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.

26 yoshli angliyalik futbolchi “Arsenal” bilan birga Angliya kubogi va ikkita Angliya superkubogini qo‘lga kiritgan.

“Arsenal” futbolchisi sifatida Nelson “Xoffenxaym”, “Feyenoord”, “Fulxem” va “Brentford” klublarida ijara asosida ham o‘ynagan.

Nelsonning “Arsenal” bilan shartnomasi keyingi yozgacha amal qilar edi va unda yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Biroq tomonlar hamkorlikni muddatidan oldin yakunlashga kelishishdi.

Bu qaror “Arsenal”ga ish haqi xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Nelson esa yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yangi klub topishga ulgurmasa ham, o‘ziga ma’qul jamoani mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!