
APLda bosh bilan eng ko‘p gol uradigan futbolchilarni bilasizmi?
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru Angliya premer-ligasida so‘nggi olti mavsumdan buyon bosh bilan gol urish bo‘yicha etakchi hisoblanadi.
33 yoshli frantsiyalik futbolchi 2014/15 yilgi mavsumdan buyon APLda jami 19 marotaba raqiblari darvozasini boshi bilan ishg‘ol etgan. Bu boradagi kuchli uchlikdan esa Maykl Antonio ("Vest Xem") va Serxio Aguerolar ("Manchester Siti") joy olishdi. Ular hisobida 15 tadan gol bor.
Jiru 2012-2018 yillar orasida “Arsenal”da to‘p surdi. Keyin esa “Chelsi”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar