Hamyurtimiz "GAMMA Fighting" xalqaro turnirida chempionga aylandi!

24 yanvar kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida K-1 sport turi bo‘yicha "GAMMA Fighting" xalqaro turniri o‘tkazildi.

E’tiborliisi, unda hamyurtimiz Samandar Enibayev ham 70 kg da ishtirok etib, finalga qadar yetib bordi va mezbonlar vakili Gigi Bridze ga qarshi chempionlik uchun bahsga kirdi.

Jang dastlabki soniyalardanoq shiddatli tus oldi. Har ikki tomon ham g‘oliblik uchun astoydil harakat qildi.

Afsuski, 1-raunddan so‘ng, Enibayevning qo‘lida jarohat (ya’ni sinish) paydo bo‘ldi. Biroq shunga qaramay, Samandar 5-raund so‘ngigacha kurashdi va yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, chempionga aylandi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!