Hamyurtimiz Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Bishkek shahrida tashkil etilayotgan (Qirgʻiz Respublikasi) sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida dastlabki medal egalari aniqlandi. Quvonarlisi, bugungi kun dasturida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Oltin medalni -55 kg vazn toifasida kurashgan Ixtiyor Botirov keltirdi.

Oltin medal:
-55 kg: Ixtiyor Botirov

Kumush medal:
-130 kg: Rafael Sitsuashvili

Bronza medal:
-77 kg: Doniyorxon Nakibov

Saralash bellashuvlarida gilamga chiqqan yurtdoshlarimizdan Alisher Gʻaniyev final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, yana ikki nafar polvonimiz Abdumalik Aminov (-67 kg) va Shahzod Qoʻchqorov (-72 kg) bugun bronza medali uchun kurashadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!