Hamyurtimiz Osiyo chempionatining "Eng yaxshi bokschisi" deb topildi!

  • 16.05.2026 00:11
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo chempionati anʼanasiga muvofiq musobaqa yakunida U-15 va U-17 yosh toifalarida “Eng yaxshi bokschi” nominatsiyasi g‘oliblari aniqlandi.

U-17 yosh toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida ushbu eʼtirofga hamyurtimiz Rushen Saydullaev sazovor bo‘ldi. Qizlarda esa Qozog‘iston vakili Ayaulim Ospanova turnirning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

U-15 yosh toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida eronlik Abolfazl Peshenvar, qizlarda esa Hindiston sportchisi Sunaina musobaqaning eng yaxshi bokschilari sifatida eʼtirof etildi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!