Hamyurtimiz Tbilisida mezbonlar vakilini nokautga uchratdi!

  • 30.08.2026 13:33
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gruziyaning Tbilisi shahrida "GAMA BARE KNUCKLE" turniri bo‘lib o‘tdi. 

E’tiborli­si, unda hamyurtimiz, K-1 terma jamoasi a’zosi Babur Urinbaev mezbonlar vakili Vakhtang Aprasidzega qarshi reyting jangini o‘tkazdi. Dastlabki raunddayoq bahs keskin tus oldi va har ikki sportchi ham bir necha zarbalar almashinuvini amalga oshirdi.

Biroq raqib anchagina tajriba­li va bo‘ydor bo‘lishiga qaramasdan, Urinbaev uni nokautga uchratishni uddaladi!

Ma’lumot uchun, Babur Urinbaev Andijonda bo‘lib o‘tgan "BPL 3" turnirida ham muddatdan avval g‘alaba qo‘zongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!