Hamyurtlarimiz Gruziyani "zir titratdi"
Gruziyaning Tbilisi shahrida "IFC 23" turniri bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, unda 3 nafar hamyurtmiz o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazib, 1-raunddayoq masalani hal etishdi.
"O‘zbekistonlik panda" nomi bilan tanilgan Shaxsanem Amaniyazova jangning ilk daqiqalaridayoq ozarbayjonlik Gulay Huseynovani sabmishn evaziga mag‘lub etdi.
Uzoq tanaffusdan so‘ng sportga qaytgan, "Mangust" nomi bilan mashhur, 45 yoshli Mansur To‘g‘izboev dastlabki raundda Ozarbayjon vakili Orxan Valiev ustidan g‘alaba qozondi.
Yana bir MMAchimiz Humoyun To‘xtamurodov ham ozarbayjonlik Anar Huseynovni 1-raunddayoq bo‘gib qo‘ydi.
Fikrlar