Haqiqiy darvozabon mana shunday bo‘ladi!

  • 23.04.2026 09:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropaning top-klublari Niderlandiya terma jamoasi darvozaboni Bart Verbryuggen uchun kurashni boshladi.

Ayni paytda “Brayton” sharafini himoya qilayotgan mahoratli golkiper joriy mavsum yakunlanishi bilan sovrinlar uchun kurashadigan qudratli klublardan birini tanlashi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqda 242 ming obunachiga ega mashhur jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, 23 yoshli golkiperga PSJ, “Bavariya”, “Chelsi” va “Arsenal” qiziqmoqda.

Amo Verbryuggen uchun kurashda asosiy da'vogar A Seriya peshqadami “Inter” bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali Verbryuggenning transfer qiymatini 40 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda u APLda 34 o‘yinda 39 ta gol o‘tkazib yuborgan va 9 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!