Harri Keynni Angliyaga qaytaradigan superklub topildi
«Manchester Yunayted» Harri Keynga ko‘z tikdi. «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn yana Angliya chempionatiga qaytishi mumkin.
Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaning yozishicha, taniqli forvardga jiddiy daʼvogar paydo bo‘lgan.
«Manchester Yunayted» Keynni jamoaga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Klub xo‘jayinlaridan Jim Retkliff hujumchini «Old Trafford»ga olib kelish niyatida ekani aytilmoqda.
Harri Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. OAV maʼlumotlariga ko‘ra, tomonlar hozirda bitimni uzaytirish bo‘yicha faol muzokara olib bormoqda.

Fikrlar