Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Hasanboy Amitdan revansh ola biladimi?

Shahzod
Izohlar: 0

Ayni daqiqalarda Tailandda boks bo‘yicha Osiyo chempionati 1/8 final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bundan biroz oldin -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘smatov 1/8 final bosqich doirasida butanlik raqibidan ustun kelgani borasida xabar bergan edik.

Do‘smatovning jangidan so‘ng Amit (Hindiston) - Tu Po Vei (Xitoy Taypeyi) jangi bo‘lib o‘tdi va bellashuv yakunida hakamlar hindistonlik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. 

Shu tariqa hamyurtimiz yarim final yo‘lida Amitga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari finalida hindistonlik charm qo‘lqop ustasi Do‘smatovdan ustun kelgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q