Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Hasanboy Do‘smatov finalda!

Bekzod Isayev
Izohlar: 0

Yarim final janglari davom etmoqda

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molinaga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 18:15dan so‘ng start oladi.

IMG_4951

Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.

Ilk raundda hamyurtimizning qo‘li baland keldi - 5:0.

Ikkinchi raundda ham Hasanboyning ustunligi qayd etildi - 5:0.

Uchinchi raundda hakamlar ispaniyalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi - 2:3. Yakuniy hisob Hasanboy Do‘smatovning foydasiga 5:0.

Shu tariqa, Hasanboy finalga yo‘l oldi va kamida kumush medali va 100 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q