Haydalgan murabbiy ikki oyda 6 million evro olib ketdi

  • 05.09.2025 11:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Erik ten Xag kutilmaganda “Bayer”ni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Leverkuzenliklar klubni tark etib, “Real”ga bosh murabbiy bo‘lgan Xabi Alonso o‘rniga Erik ten Xagni olib keldi. Tez orada bu tanlov noto‘g‘ri ekani oshkor bo‘ldi.

“Bayer” xo‘jayinlari ikkinchi turdan keyinoq niderlandiyalik mutaxassisni ishdan haydashiga to‘g‘ri keldi. Bild nashrining yozishicha, Erik ten Xag ikki oy mabaynida futbolchilar bilan ham, klub xodimlari bilan ham do‘stona aloqalarni o‘ranata olmadi. Bu mutaxassisning ish uslubi futbolchilarni hayron qoldirdi.

Garchi ishdan haydalgan bo‘lsa-da, Erik ten Xag kayfiyatini buzmasa ham bo‘ladi. Bu murabbiy ikki oy ishalagi uchun to‘langan maoshidan tashqari, besh million evro miqdorida kompensatsiya ham oladi.

Manbaga ko‘ra, Erik ten Xag qisqa muddatli faoliyati uchun Leverkuzendan 6 million evro miqdoridagi pul bilan ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!