Hayitmurod Sherqo‘ziev medallarga juda yaqin keldi
Bundan biroz avval para kanoe bo‘yicha VL-3 klassida erkaklar o‘rtasida 200 metrga sprint poygalari bo‘lib o‘tdi.
Medallar uchun kechgan final bahsida hamyurtimiz Hayitmurod Sherqo‘ziev 52.793 soniya vaqt bilan marraga 4-o‘rinda etib keldi. Hamyurtimiz medallar uchun juda yaqin kelgan edi, ammo uning natijasi bunga biroz kamlik qildi.
Hayitmurodga kelgusi musobaqalarda omad tilab qolamiz.

Fikrlar