Here we go! Nkunku "Milan" futbolchisi
Italiyaning "Milan" klubi "Chelsi" bilan Kristofer Nkunkuning transferini bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 35 mln evroga kelishib oldi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, futbolchi "rossonerilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, Nkunku 2023 yilning yozidan beri "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Bu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 62 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar