Himoyachi "Barsa"ning muammosini aytdi
«Barselona»ning yosh himoyachisi Xavi Espart La Ligada «Betis» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (5:2) so‘ng o‘yin haqida fikr bildirdi.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvni to‘liq maydonda o‘tkazdi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa mavsumni ketma-ket to‘qqiz g‘alaba bilan boshlab, klub tarixida yangi rekord o‘rnatdi.
«Biz hujumkor futbol o‘ynayapmiz, lekin shunga qaramay, o‘ylaymanki, juda ko‘p gol o‘tkazyapmiz. Muhim o‘yinlarda darvozamiz daxlsizligini saqlashni o‘rganishimiz kerak.
Ba’zan hujumga shunchalik berilib ketamizki, himoyada ochiq qolib ketyapmiz. Himoyada o‘yinni yanada mustahkamlashimiz zarur», – deya Espart so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
20 oktyabr kuni «Barselona»ning g‘alabali seriyasini to‘xtatishga «PSJ» urinib ko‘radi. Chempionlar ligasi doirasidagi ushbu bellashuv Parijda o‘tadi.

Fikrlar