
Hindistondagi ikki legioner bokschimiz yarim final janglarida ringga ko‘tarilishdi
Ma’lumki, Hindistonda bir qator bokschilarimiz legioner sifatida hind jamolari nomidan jang o‘tkazishmoqda. Ya’ni, "Big bout league" deya nomlanuvchi turnirda hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazmoqda
Bugun, ushbu turnirning yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Biroz oldin og‘ir vaznli hamyurtimiz Timur Ergashev raqibi Naveen Kumarga qarshi ringga chiqdi va imkoniyatni boy berdi. U musobaqa davomida hozirgacha 5 ta jang o‘tkazdi va faqat 1 tasidagina g‘alaba qozondi.
Yoshlar o‘rtasida Jahon chempioni, Osiyo chempioni Olimpiada chempioni kattalar o‘rtasida 60 kg da O‘zbekiston chempioni 19 yoshli iste’dodli bokschimiz Abdumalik Halakov raqibi Md. Etash ni yanchib tashladi va ajoyib g‘alabaga erishdi.
Fikrlar