Hindistonlik shaxmatchi aka-singilning muvaffaqiyati dunyo e'tiborida
Hindiston shaxmatida yana bir tarixiy davr kuzatilmoqda. Mamlakatning mashhur shaxmatchi aka-singili — Vaishali Rameshbabu va Rameshbabu Praggnanandha ketma-ket yirik natijalar qayd etdi.
Avvalo, 2026 yil aprel oyida Vaishali Rameshbabu Nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon chempionligi uchun yollanmasini qo‘lga kiritdi.
Oradan ikki oy o‘tib, uning ukasi Rameshbabu Praggnanandha ham yirik muvaffaqiyatga erishdi. U yilning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri hisoblangan "Norway Chess" turnirida g‘olib bo‘ldi.
Shu tariqa, bir oilaning ikki nafar vakili qisqa vaqt ichida jahon shaxmatidagi eng muhim yutuqlardan biriga erishdi. Mutaxassislar bu natijalar ortida ularning onasi Nagalakshmining mehnati va qo‘llab-quvvatlashi ham katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlmoqda.
Endi esa shaxmat muxlislari Vaishali va Praggnanandhaning Shaxmat Olimpiadasida Hindiston terma jamoasi safida qanday ishtirok etishini qiziqish bilan kutmoqda.

Fikrlar
улар ака-сингил эмас, опа-ука!