Hojiakbar Alijonovni Eron klubi nishonga oldi!
Eron chempionatining "Persepolis" klubi "Paxtakor" futbolchisi va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hojijakbar Alijonovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqida fors telegram kanali ma’lum qilmoqda.
Xabar berilishicha, forslar navbatdagi transferlar oynasida yana tajribali himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqchi. Jamoa yozda ham 28 yoshli o‘yinchini ilib ketmoqchi edi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunda hali ikki tomon o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Alijonov o‘tgan mavsum "Paxtakor" safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar