
Hojimat Erkinov: "Tayyorgarlik maksimal darajada edi, biroq o‘xshamadi"
Rossich chempionatining 5-turida "Torpedo" "Orenburg"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar futbolchisi Hojimat Erkinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Biz harakat qildik, bor kuchimizni berdik, biroq mag‘lub bo‘ldik. Tayyorgarlik maksimal darajada edi, biroq o‘xshamadi. O‘yin oldidan qiyin bo‘lishini sezgandik, sababi ikki klub ham FNLdan elitaga ko‘tarilgandi.
Uchrashuv boshida biz yomon harakat qilmadik, o‘yin tizginini nazorat qildik, o‘tkazib yuborilgan goldan keyin hammasi ishlamay qoldi.-
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz "Orenburg"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlab, 81-daqiqada zaxiraga olingandi.
Fikrlar