"Hokim kubogi-2021" finali qachon va qaerda bo‘lishi ma’lum qilindi

  • 2 fevral, 2021, 11:38
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga «Hokim kubogi»ning sovrindorlari aniqlanadi.

Tecno

Kecha xabar berganimizdek, tashkiliy masalalar sababli, «Hokim kubogi»ning finali 2 fevraldan 3 fevralga ko‘chirilgan edi. Ammo bellashuvning boshlanish vaqti va o‘tkaziladigan stadion noaniqligicha qolgandi. Bugun mazkur tashkiliy masalalarga oydinlik kiritildi. Unga ko‘ra, «Hokim kubogi-2021» musobaqasining final o‘yini Farg‘ona shahridagi muhtasham «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs 13:00da boshlanadi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Bunyodkor" finalda «Istiqlol» bilan o‘ynaydi. 3-o‘rin uchun belgilangan bellashuv esa, «Neftchi» sport majmuasida o‘tkazilishi tasdiqlandi. O‘yin 11:00da start oladi.

«HOKIM KUBOGI-2021»
3 fevral (chorshanba)
3-o‘rin uchun
«NEFTChI» - «QO‘QON-1912»
«Neftchi» sport majmuasi o‘yingohi. 11:00

FINAL
«BUNYoDKOR» - «ISTIQLOL»
«Istiqlol» stadioni. 13:00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
02/02/2021 12:03
Фаросатам жуда жайида эмас шекли финални кургани боргани вакт тигиз булиб коладику