Hozirning o‘zida eng zo‘r uch hujumchi nomi aytildi
Niderlandiya milliy terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Dennis Bergkamp hozirgi paytda eng yaxshi forvardlar kimlar ekanini aytib o‘tdi.
- Hozir eng zo‘r hujumchilar – Erling Xoland, Harri Keyn va Robert Levandovski. Keyingi paytda maydonda hamma narsani uddalay oladigan hujumchilar kamayib ketdi. Faqat gol urishning o‘zi yetarli emas. Jamoaviy kombinatsion o‘yinda ham samarali harakat qilish talab etiladi, - dedi Bergkamp Football London nashriga.
O‘z professional faoliyati davomida Bergkamp Amsterdamning “Ayaks”, Milaning “Inter” va Londonning “Arsenal” jamoalarida muvaffaqiyatli o‘ynagan va qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Mashhur hujumchi Niderlandiya milliy terma jamoasi safida 79 ta o‘yinda ishtirok etib, 37 ta gol urgan. Bergkamp samolyotda parvoz qilishdan qo‘rqishi bilan ham nom chiqargan.
Fikrlar