Hujumchi transfer rad etilgandan keyin mashg‘ulotdan ketib qoldi

  • 23.07.2026 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Vulverxempton» klubi forvardi Tolu Arokodare jamoa mashg‘ulotini yarim yo‘lda tark etdi. BBC xabariga ko‘ra, futbolchining bunday qarori unga «Fiorentina»ga o‘tishga ruxsat berilmagani bilan bog‘liq.

Nashr ma’lumoticha, Nigeriya terma jamoasi hujumchisi aynan Italiya­ning «Fiorentina» klubiga o‘tishni qat’iy talab qilgan. Biroq «Vulverxempton» rahbariyati boshqa yo‘lni tanlab, Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasidan tushgan taklifni qabul qilgan.

Shundan so‘ng Arokodare norozilik sifatida mashg‘ulot paytida maydon o‘rtasiga o‘tirib olgan va uni Italiya klubiga qo‘yib yuborishni talab qilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Tolu Arokodare «Vulverxempton» safida barcha musobaqalar doirasida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Jamoa esa 2025/2026 yildgi mavsum yakuniga ko‘ra Angliya Premyer-ligasini tark etib, Chempionship divizioniga tushib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!