
Hujumchilaridan norozi bo‘layotgan Klopp zo‘r to‘purarni ko‘zladi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda “Lion” bilan shartnomasi yakunlanadigan Memfis Depayni o‘z jamoasiga qo‘shib olishga qaror qildi. Germaniyalik mutaxassis shu yo‘l bilan jamoa hujum chizig‘idagi raqobatni oshirmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Klopp “Liverpul”ning hujumdagi samaradorligi pasayib ketganidan norozi bo‘lmoqda va jamoaga yangi to‘purar kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.
Ana shu maqsadda, “Liverpul” rahbariyati tez orada Memfis Depay bilan muzokara kirishmoqchi. Chunki niderladiyalik futbolchiga “Barselona” va “Yuventus”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Aslida “Lion” rahbariyati yozda erkin agentga aylanadigan hujumchini bepul qo‘yib yubormaslik uchun uni qishda 5 million evro atrofidagi mablag‘ga qo‘yib yubormoqchi edi. Biroq, Depayga qiziqayotgan klublardan jo‘yali taklif bo‘lmadi.
Fikrlar