Hujumchilarni sig‘dira olmayotgan “Real” kutilmagan to‘purarni oladi

  • 6 iyun, 05:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bugungi kunda eng kuchli hujum chizig‘i ega jamoalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘tgan yozda jamoaga Kilian Mbappe kelganidan keyin oldingi chiziqdagi raqobat yanada kuchaydi.

Tecno

Buning oqibatida universal hujumchi Rodrigo Goes biroz chetga chiqib qoldi va vaziyat braziliyalik o‘yinchining jamoadan ketishi bilan yakunlanishi mumkin.

Shunga qaramay, “Real” mutasaddilari kelasi mavsum oldidan jamoaga yana bir to‘purarni qo‘shib olmoqchi.   

AS nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” Ante Budimirni transfer qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Xabi Alonso klub rahbariyatidan ayrim talablarga javob beradigan yangi hujumchi so‘ragan.

Shu tariqa, Ante Budimir madridlik selektsionerlar e’tiboriga tushdi. 33 yoshli xorvatiyalik hujumchi Ispaniya chempionati to‘purarlari poygasida 22 ta gol bilan Kilian Mbappe va Robert Levandovskidan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

Budimirning “Osasuna” bilan shartnomasida hujumchining badal puli 25 million qilib belgilangan. Biroq bu summa shu yozda 8 millionga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!