
"Humo-2" mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi
Toshkentning "Humo-2" jamoasi xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionatini pley-off bosqichiga yo‘llanma beradigan o‘rinda yakunladi. Qo‘shni mamlakat chempionatida birinchi bosqich o‘z nihoyasiga etdi. "Qanotlilar" ligadagi 10 jamoalarga qarshi 4 tadan o‘yin (2 ta uy va 2 ta safar) o‘tkazdi.
Aleksandr Ageev shogirdlari shu 40 uchrashuvning 12 tasida asosiy vaqtda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 g‘alabani overtaymda, yana birini bullitlar seriyasida va yilni 8-o‘rinda (47 ochko) yakunladi.
Ikkinchi bosqichda esa jamoalar o‘zaro ikkitadan, jami 20 tadan bahs o‘tkazishadi. Kim mehmonda, kim safarda o‘ynashi esa klublarning birinchi bosqichda qayd etgan natijasiga qarab belgilanadi.
Quyida "Humo-2"ning Qozog‘iston ochiq chempionatidagi kelgusi o‘yinlar taqvimi bilan tanishasiz.
7 yanvar – «Beybaris» - «Humo-2»
8 yanvar – «Beybaris» - «Humo-2»
11 yanvar – «Irtish» - «Humo-2»
12 yanvar – «Irtish» - «Humo-2»
16 yanvar – «Humo-2» - «Kulager»
17 yanvar – «Humo-2» - «Kulager»
21 yanvar – «Humo-2» - «Altay Torpedo»
22 yanvar – «Humo-2» - «Altay Torpedo»
25 yanvar – «Aktobe» - «Humo-2»
26 yanvar – «Aktobe» - «Humo-2»
11 fevral – «Humo-2» - «Temirtau»
12 fevral – «Humo-2» - «Temirtau»
15 fevral – «Humo-2» - «Almati»
16 fevral – «Humo-2» - «Almati»
19 fevral – «Gornyak» - «Humo-2»
20 fevral – «Gornyak» - «Humo-2»
23 fevral – «Arlan» - «Humo-2»
24 fevral – «Arlan» - «Humo-2»
28 fevral – «Humo-2» - «Astana»
29 fevral – «Humo-2» - «Astana».
29 fevral kuni yakunlanadigan ikkinchi bosqich uchrashuvlari yakuniga ko‘ra esa pley-off ishtirokchilari aniqlanadi.
Fikrlar