Asosiy mazmunga oʻtish

"Humo-2" Qozog‘iston chempionatini g‘alaba bilan boshladi (video)

Shahzod
Izohlar: 0

Qozog‘iston chempionatida yangi mavsum start oldi.

Oliy xokkey ligasida faoliyat olib boradigan "Humo" jamoasining farm-klubi bo‘lgan "Humo-2" bugun qo‘shni mamlakat chempionatidagi o‘zining ilk uchrashuvini "Irtish"ga qarshi o‘tkazdi. Pavlodarliklarga qarshi kechgan bahs gollarga boy bo‘ldi va bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi.

Overtaymlarda esa toshkentliklar raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdilar va shu tariqa 4:3 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

Irtish (Pavlodar) - Humo 2 (Toshkent) 3:4 OT (1:1, 0:1, 2:1, 0:1)

0:1 - Yanchuk (Axmetyanov, Aniskin) - 00:43
1:1 - Razvadovskiy (Titov) - 10:14
1:2 - Matseyko (Troshin, Bostanjiev) - 22:52
2:2 - Namestnikov (Razvadovskiy, Shtefan) - 42:17
3:2 - Shetle (Demidov, Samoylov) - 46:18
3:3 - Amirov (Tormozov) - 58:30
3:4 - Zubkovskiy - 62:44

Darvozabonlar: Xomutov - Tselikov

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q