
"Humo" bosh murabbiyi: Bunday o‘yin sog‘liq uchun zararli
- "Muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Biz pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boryapmiz. Nikolay Zavaruxin aytganidek "yangi yil o‘yini" bo‘ldi. Yigitlar o‘zlarini bayram kayfiyatidan chiqara olishmadi va raqibga juda ham ko‘p sovg‘a ulashib yubordik. Vaholanki men ularga sovg‘alar 31 dekabrda tugashini aytgan edim. Asabiy o‘yin bo‘ldi, ammo muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Ular bugun zavq olishdi. To‘g‘ri har ikkala murabbiy ham ikki tutam soch va balki yana nimanidir yo‘qotishdi. Bunday bellashuvlar sog‘liqqa zarar. Biroq muhimi yutdik.
- Jamoaga yangi qo‘shilganlar haqida fikringiz?
- Nima ham der edim. Ular ikkinchi yanvarda qo‘shilishdi. Uchinchi sanada bizda ikkita mashg‘ulot bo‘ldi. To‘rtinchida bitta va bugun o‘yin. Uchchovlondan bugun Maksim Kazakovga imkoniyat berdim va menimcha adashmadim. Himoyachi Naumov dahshatli jarohatidan so‘ng jarrohlik stoliga yotgan edi. Hozircha muzda yaxshi harakatlanmoqda. Bizga himoyachilar kerak. Ha, yana bir xokkeychi bor. Ko‘ramiz, barchaga imkoniyat beramiz. Ular tizimga, Toshkentga ko‘nikib ketishlari uchun biroz vaqt kerak. Bizda raqobat o‘sib bormoqda va bu sportdagi eng yaxshi jihat sanaladi. U sportni yurgizadi.
- Bugun "Humo"ning barcha beshlik tarkibidagilar gol kiritishdi. Darvozalarga jami 12 ta shayba kiritildi. Bunaqasi Toshkentda hali bo‘lmagan edi. 3:0 hisobida oldinga chiqib olganimizda siz ancha bosiqlik bilan ko‘rsatma berayotgan edingiz, ammo siz jiddiy e’tirorzlan bildira boshlagach, farq minimum darajada qisqartildi.
- Siz bu erda boshidan oxirigacha murabbiysiz. Biz doim yigitlarga 60-65 daqiqa davomida kontsentratsiyani yo‘qotmasliklari kerakligini uqtiramiz. Murabbiy maydon chetida turadi va bo‘shashishga bir soniya ham yo‘q. U tanaffusda, o‘yin vaqtida ishlaydi. Aynan shu daqiqalarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak. Sizga ko‘p narsa bog‘liq. 3:1 dan so‘ng orqaga paslar boshlanib ketdi. "Metallurg"ga qarshi bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Agarda siz hech narsa qilmasangiz, yutqazasiz. Nimadir qildik va 7:5 hisobida zafar quchdik, demak yaxshi ishladik. Bemalol choy ichishimiz mumkin", - dedi rossiyalik mutaxassis.
Fikrlar